13:52 / 29.10.2015
2822

Budapeshtda O‘zbekistonning investitsion salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

20 oktabr kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.

Vengriya Eksimbanki direktori Gabor Syoch tadbirdan mamnun bo‘lgani, ko‘plab yangi ma'lumotlar olgani hamda uning ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga mo‘ljallanganini ta'kidlab o‘tdi.

“Ayni paytda biz O‘zbekistonning “Hamkorbank”i bilan hamkorlik qilmoqdamiz. Umid qilamizki, bizning moliyaviy institutimiz O‘zbekiston bozoriga yanada chuqurroq kirib boradi hamda ikki tomonlama aloqalar rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi”, - ta'kidladi u.

Top