08:58 / 29.10.2015
2379

Daily Mail: Grizmann "Chelsi"ning asosiy nishoniga aylandi

"Atletiko" jamoasining fransiyalik hujumchisi Antuann Grizmann "Chelsi"ning qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.

Daily Mail nashrida yozilishicha, londonliklar jamoasi bu 24 yoshli futbolchini transfer qilishni birinchi galdagi maqsadga aylantirishgan.

"Atletiko" Grizmann bilan 2020 yilgacha tuzilgan shartnomaga ega va uning transfer summasini 65 million yevro qilib belgilagan.

Qayd etilishicha, 2016 yilning yozida "Chelsi" "Atletiko"ga Madridga qaytishga qarshi bo‘lmagan Diyego Kosta transferini o‘z ichiga olgan taklif bilan chiqadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, bu xabarlarning paydo bo‘lishiga, "Chelsi" yetakchisi Eden Azar jamoani tark etib, "Real" yoki "Barselona"da o‘ynashi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.

Bu yilgi mavsumda Grizmann Madrid klubi tarkibida 12 o‘yinda maydonga tushib 6ta gol urgan.

Top