20:47 / 29.10.2015
2613

Google shu yildan boshlab Indoneziya bo‘ylab havo sharida internet tarqatishni boshlaydi

Google kompaniyasi o‘zining rasmiy blogida Project Loom deb nomlangan internet tarqatuvchi tizim haqda ma'lum qilgan. Unga ko‘ra ushbu tizim havoning stratosfera qatlamigacha balandlikka ko‘tarilib boruvchi havo shariga o‘rnatiladi. Ushbu yangilikni shu yilning o‘zida Indoneziyada qo‘llab ko‘rish rejalashtirilgan. Natijada bir vaqtning o‘zida 100 mln nafar indoneziyalik internetdan foydalana oladi.

Indoneziya 17 ming turli katta-kichik ko‘rinishdagi orollardan iborat arxipelagda joylashgan davlatdir. Shu bois uning aholisining 2/3 qismida internetdan foydalanish imkoni mavjud emas. Qidiruv giganti mahalliy Telkomsel va XL Axiata aloqa kompaniyalari bilan hamkorlikda Project Loom tizimini sinov rejimida ishga tushirib ko‘radi. Oradan bir necha yil o‘tib esa, kompaniya aerostat yordamida, yerdan 20 km balandlikda keng ko‘lamli 4G/LTE simiz internetini ishga tushirishni mo‘ljallagan.

Top