22:35 / 29.10.2015
4542

Iroq hukumati IShID qo‘li ostidagi deyarli barcha neft o‘choqlarini qaytarib olinganini ma'lum qilmoqda

Iroq hukumati mamlakatdagi deyarli barcha neft o‘choqlarini IShID terrorchilik guruhi qo‘lidan tortib olganligini ma'lum qilmoqda. Bu haqda Iroq neft vazirligining rasmiy vakili Assam Jihodning ma'lumotiga asoslanib, Sputnik agentligi xabar qilmoqda.

Uning aytishicha, IShID qo‘lidan Saloh ad Din viloyati qaytarib olingan. Jangarilar Naynava viloyatining bir qismini hamon nazoratlari ostida ushlab turishibdi.

Bundan tashqari, uning aytishicha IShID mustaqil ravishda neft qazib ololmaydi, buning uchun ularga texnik tajriba yetishmaydi. Shu bilan birga jangarilarning neft orqali olgan foydalari zaxirasi juda katta.

Top