15:08 / 29.10.2015
3650

Laporta: "Barselona" Fransiya ligasiga o‘tishi mumkin, lekin jamoa La Ligani tark etmasligi kerak

"Barselona" jamoasining sobiq prezidenti Joan Laporta Kataloniya Ispaniyadan mustaqil bo‘lib, ajralib chiqqanidan keyin futbol jamoasining taqdiri qanday kechishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Barselona" albatta, Fransiya Oliy divizionida ishtirok eta oladi. Birinchi navbatda Ispaniya "Barselona"ning ketishiga rozi bo‘lish-bo‘lmasligini aniqlab olish kerak.

Agar Ispaniyadagilar "Barselona"ning ketishiga rozi bo‘lishsa, jamoa xorij ligalaridan birida ishtirok etishi mumkin. Kataloniya mustaqillikka erishishi ham, boshqa ishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q.

Lekin, "Barselona" Ispaniya chempionatini tark etishiga ko‘zim yetmaydi. Jamoaning chempionatda ishtirok etishi muhim jihat. Ayniqsa, "klasiko"siz La Ligani tasavvur qilish qiyin. Bu borada aql bilan ish tutib, aniq qarorga kelish kerak", deydi Laporta.

Biroz oldinroq, Kataloniya referendumlar natijasida mustaqillikka erishib, Ispaniya qirolligidan alohida mustaqil davlat sifatida ajralib chiqsa, bu hududdagi "Barselona" va "Espanol" kabi jamoalar La Liga musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Top