16:43 / 29.10.2015
3587

O‘zbekiston Eronga yangi elchisini jo‘natdi

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Baxodir Abdullayev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Eron Prezidenti ShHTning 2014 yildagi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Shuningdek, turli yo‘nalishlardagi, xususan savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnika, turistik va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Top