11:15 / 29.10.2015
3936

O‘zining sobiq rafiqasini yoqib yuborgan qozog‘istonlik 18 yilga qamaldi

Qozog‘istonda sud Kanat Saduov ism-sharifli jinoyatchiga o‘zining sobiq xotinini yoqib yuborgani uchun 18 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Bu haqda IA Novosti-Kazaxstan xabar bergan.

42 yoshli Saduov shu yilning 26 may kunida Ostona shahridagi maktab oldida, shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan sobiq rafiqasi, Svetlana Darmenovaa o‘t qo‘yib yuborgandi. Ayol bir necha kundan so‘ng vafot etgan. Ularning 4 nafar farzandi bo‘lgan.

Kanat Saduov sobiq politsiyachi hisoblanadi. U ajrashuvdan keyin sud qaroriga ko‘ra, sobiq xotiniga yaqinlashishi mumkin emasdi.

Ushbu jinoyatchini qidirish ishlari sentabr oyigacha olib borilgan va u o‘tgan oyda qarindoshinikida yashiringan vaqtda qo‘lga olingandi. Unga JKning 5 punkti, 2 qism 99 moddasi bo‘yicha o‘ta og‘ir turdagi qotillik jinoyati bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Marhuma o‘qituvchining singlisi Oygul Darmenovaning ma'lumot berishicha, opasi bu shaxs bilan 21 yil birga yashagandi. U sudda sobiq pochchasi o‘z opasini ajrashganidan keyin ham har kuni kuzatib, ta'qib yurgani haqida ma'lum qilgan.

Top