10:39 / 29.10.2015
3148

Rossiyalik sobiq vazir hisoblari muzlatilganini inkor qildi

Rossiyaning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Yelena Skrinnik Shveytsariya tomonidan unga nisbatan ish qo‘zg‘alishi rasmiy axborotga tayanmaganini ta'kidladi. Bu haqda “Russkaya slujba novostey” agentligi xabar qildi.

“Bu axborot Shveytsariyaning qanaqadir sariq gazetasidan olingan. Bunday bayonot hech qachon bo‘lmagan va bo‘lishi mumkin emas. Shveytsariyaning ikkinchi darajali gazetasi muxbiri Linda fon Berg buni yozdi. Bu yolg‘on”, - ta'kidladi u.

Shuningdek, Skrinnik hisoblariga band solingani haqidagi axborotni ham inkor qildi.
“Hech qanday bloklash bo‘lmadi. Mening Shveytsariyada hisoblarim yo‘q, hozir u yerda hech kim hisob ochmaydi. Bu yolg‘on. Men to‘rt yildan buyon ishlamayman, yetti yildan buyon “Rosagrolizing”da ishlamayman. Bu buyurtma. U kimga va nega kerak, tushunarsiz”, - qo‘shimcha qildi sobiq vazir.

Top