10:18 / 29.10.2015
4091

Tojikistonning 2016 yilgi davlat byudjyeti 18.3 mlrd somoniy deb belgilandi

28 oktabr kuni Dushanbeda o‘tgan hukumat yig‘ilishida “Tojikiston Respublikasining 2016 yildagi davlat byudjyeti” qonun loyihasi hamda 2017-2018 yillardagi davlat byudjyeti ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mamlakat rahbari Emomali Rahmon Tojikistondagi bugungi iqtisodiy-ijtimoiy vaziyatni ko‘zdan kechirib, bir qator sonlarni oshkor qildi. Jumladan, uning keltirishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida YaIMning real o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0.5 foizga ko‘tarilgan, tashqi savdo aylanmasi 17.9 foizga, shu jumladan, tovarlar importi 21.8 foizga, aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish 8.1 foizga o‘sganini ma'lum qildi.

Shu bilan birga, milliy valyuta kursi haligacha bosim ostida ekanligini tan olindi.
“Shu davrga qadar davlat byudjyeti 96.5 foizga yoki 10.8 mlrd somoniyga bajarildi, natijada byudjyet 391 mln somoniy yo‘qotdi”, - ta'kidladi Tojikiston yetakchisi.
Prezidenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2016 yilgi davlat byudjyeti hajmi 18.306 mlrd somoniy bo‘lib, bu joriy yildagidan 3.3 mlrd somoniyga yoki 19.8 foizga ko‘proqdir.

Top