09:18 / 29.10.2015
5088

Vazirlik “COSCOM”, “O‘zbektelekom”, “RWC” va “UNITEL” mobil aloqa operatorlaridan aloqa sifatini yaxshilashni talab qildi

27 oktabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sifatini ta'minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yig‘ilishda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “COSCOM” QK (Ucell), “O‘zbektelekom” AJ (Uzmobayl), “RWC” QK (Perfectum) va “UNITEL” MChJ (Bilayn) mobil aloqa operatorlari ko‘rsatadigan xizmatlar sifatini tahlil qilib chiqdi.

Tahlilga ko‘ra, ushbu mobil aloqa operatorlari O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni talablari bo‘yicha qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ya boshlashgan. Xususan, ko‘rsatiluvchi xizmatlar sifati qonunchilikda o‘rnatilgan standart, qoida va me'yorlarga muvofiq kelishi ta'minlanmayapti.

Shu sababli, mobil aloqa mijozlaridan tushgan shikoyatlar tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu mobil aloqa operatorlariga mobil aloqa sifatini qonunchilikdagi me'yorlarga muvofiq yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.

Top