17:33 / 29.10.2015
6297

Xitoy AQShning Janubiy Xitoy dengizidagi harakatlariga qarshi keskin choralar ko‘rishga tayyor

Xitoy o‘zining suverenitetiga kiradigan Janubiy Xitoy dengizidagi Nangsha oroli atrofidagi hududga AQSh kemalari qayta kirib keladigan taqdirda hududni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Bu haqda XXR mudofaa vaziri Yan Yuytszyun ma'lum qildi, deb yozadi RIA «Novosti».

«Biz AQShga noto‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ma'lum qildik. Ammo shunga qaramay, AQSh o‘zlarining kemalarini bizning hududga qayta tiqishtirishga urinsa, biz barcha zarur choralarni ko‘ramiz. Biz o‘z suverenitetimiz xavfsizligi va himoyasi uchun keskin qaror chiqaradigan kayfiyatdamiz», — deya ta'kidladi Yan Yuytszyun.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy Pekin ruxsatisiz amerikaliklar Janubiy Xitoy dengizi hududidagi, xitoyliklar o‘zlarini deb hisoblaydigan Nangsha oroliga kirib borganini xabar qilgan. TIV bu borada AQShga Xitoy suvereniteti qoidalariga zid ish ekanini ta'kidlab shikoyat yo‘llagan.

Pentagon Janubiy Xitoy dengizi hududida olib borilayotgan operatsiyalarni inkor etmagan va kelgusida ham bu ish davom ettirilishini ta'kidlamoqda. AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya «yaqin hafta va oyda tashkillashtiriladi». AQSh bu ish amalga oshirilsa xalqaro huquq normalariga amal qilinishini ta'kidlagan.

Top