AQShning Nevada shtati hukumati Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning o‘g‘li Tom Fabiusni hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda Le Point gazetasi yozmoqda.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, Tom Fabius Las-Vegas qimorxonalaridan birida ta'minotga ega bo‘lmagan chek ishlatgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u o‘tgan yilda 1 million yevro qiymatiga ega chekni naqdlashtirgan edi.
Avvalroq fransuz tergovchilari Monako kazinosi qanday qilib Tomning 700 ming yevrodan iborat qarzini kechib yuborganligi bilan qiziqib qolishgan edi.