09:38 / 30.10.2015
4989

Asqar Aqayev Samon Kuznets oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Qirg‘iz Respublikasining sobiq prezidenti Asqar Aqayev Nobel mukofoti sovrindori Samon Kuznetsning oltin medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Rossiya matbuotida xabar berildi.

Aytilishicha, 26-28 oktabr kunlari Moskva Davlat universitetida BMT rahnamoligida “Globalistika-2015” xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Unda jahonning 50 davlatidan tashrif buyurgan 700 olim ishtirok etdi. Ular globalizatsiya hamda beqaror dunyodagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Aqayev konferensiyaning turli sessiyalarida uchta hisobot o‘qidi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra global jarayonlarni kompyuterda modellashtirish hamda yangi ijtimoiy-iqtisodiy nazariyotga muhim hissa qo‘shgan tadqiqotchilarni mukofotlash marosimi o‘tkazildi.

Top