16:20 / 30.10.2015
4226

Berlindagi Yahudiylar muzeyida Ikkinchi jahon urushi davriga mansub bomba topildi

Berlin hukumati shahardagi Yahudiylar muzeyini vaqtinchalik yopishga ko‘rsatma berdi. Bunga muzey hududidan Ikkinchi jahon urushi davriga mansub bomba aniqlangani sabab bo‘ldi.

Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, qurilish ishlari olib borilayotgan hududdan 250 kg og‘irlikdagi bomba topilgan. Politsiya muzey atrofidagi ko‘chalardan aholini evakuatsiya qilgan.

Bundan avvalroq, Germaniyaning Koblents shahrida Ikkinchi jahon urushi davriga mansub 1 tonna og‘irlikdagi bomba topilganidan keyin 10 mingga yaqin kishini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgandi.

Top