17:05 / 30.10.2015
6018

Blatter: Rossiya JCh-2018 mezbonligini sirli savdolar orqali qo‘lga kiritgan

FIFA prezidenti Yozef Blatter JCh-2018 mezbonligi ovoz berish tizimini qalbakilashtiruvchilar va tashkilot rahbarlari o‘rtasidagi sirli savdolar evaziga  Rossiyaga olib berganini ma'lum qildi.

The Financial Times nashrining xabar berishicha, qarorga rozilik yozma ko‘rinishida berilmagan.

FIFA oldida musobaqa mezbonligi uchun ikkita davlatdan birini tanlash kerak bo‘lgan: AQSh yoki Rossiya. «FIFA ijroqo‘mi barcha a'zolari qaroriga ko‘ra bu aniqlanganmi? Bularning barchasi sahna ortida hal bo‘lgandi, hech qanday majlisda emas», — deya Blatterdan iqtibos keltiradi The Financial Times.

Eslatib o‘tamiz, FIFA ahloq qo‘mitasi 8 oktabr kuni Blatter va UYeFA prezidenti Mishel Platinini 90 kunga futboldagi faoliyatdan chetlashtirgandi.

Top