08:35 / 30.10.2015
2815

Janubiy Sudanda BMTning 12 vakili qo‘lga olindi

Dushanba kuni Janubiy Sudanda, Malakal shahridan shimolroqda BMT tinchlik missiyasining 12 vakili qo‘lga olindi. Bu haqda AFP BMTning rasmiy vakili Stefan Dyujarrikka tayangan holda xabar berdi.

Aytilishicha, BMT xodimlari Nil bo‘ylab barjada yoqilg‘i, qurol va asbob-uskunalar olib ketayotganida ularga qurolli isyonchilar hujum qilgan. Ekipajning 20 nafar qo‘lga olingan ishchilar keyinchalik qo‘yib yuborilgan, BMT xodimlari esa hamon tutib turilmoqda.

Top