20:34 / 30.10.2015
7239

KUN.UZ dayjesti: 30 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Jahondagi eng yomon shaharlar ro‘yxati e'lon qilindi>>

Aqshning ko‘zga ko‘ringan kompaniyalaridan biri, inson resurslari boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi ORC Worldwide kompaniyasi BusinessWeek nashri uchun 20 ta eng yomon shahar ro‘yxatini e'lon qildi.

Berlindagi Yahudiylar muzeyida Ikkinchi jahon urushi davriga mansub bomba topildi>>

Berlin hukumati shahardagi Yahudiylar muzeyini vaqtinchalik yopishga ko‘rsatma berdi. Bunga muzey hududidan Ikkinchi jahon urushi davriga mansub bomba aniqlangani sabab bo‘ldi.

Dunyoning eng yaxshi restoranidagi joylar 4 daqiqa ichida sotilib ketdi>>

Noma Sydney restoranining bo‘sh joylari 4 daqiqa ichida sotilib ketdi, deb xabar beradi News.com.au portali. Noma Sydney Daniyaning Noma restoranining Avstraliyadagi filiali bo‘lib, uni mashhur oshpaz Rene Redzepi boshqaradi.

Olimlar ayollar 26 dan 30 gacha yoshda farzand tug‘ishlari ularning hayotini uzaytirishini aniqlashdi>>

Olimlar ayollarning birinchi farzand ko‘rish yoshlari va ular hayotining davomiyligi o‘rtasida o‘zaro aloqa borligini aniqlashdi: ularning ta'kidlashicha, 26 dan 30 gacha yoshda ona bo‘lgan ayollar qolgan ayollarga nisbatan uzoqroq yashar ekanlar.

Rossiyaning Surgut shahrida Yangi yil archasini o‘rnatish ishlari boshlandi>>

Rossiyaning Xanti-Mansiysk okrugidagi Surgut shahrida aholida bayramona kayfiyatni uyg‘otish maqsadida oktabr oyining so‘nggi kunidanoq sun'iy archa o‘rnatish ishlari boshlandi.

Olimlar allergiyaning kelib chiqishi sabablarini tushuntirib berishdi>>

Olimlar allergiyaning evolyutsion manbalarini aniqlashdi: biologlar birinchi marta molekulyar darajada allergik reaksiyalar keltirib chiqaruvchi ozuqa va atrof-muhitdagi oqsillar va ko‘p hujayrali parazitlar oqsillari o‘rtasida o‘xshashlik borligini aniqlashdi. Yangi kashfiyot haqida PLOS Computational Biology jurnalida ma'lum qilindi.

Urugvay prezidenti samolyot bortida bir qizni qutqarib qoldi>>

Urugvay prezidenti Tabare Vaskes Parijga ketayotganida samolyot bortida mazasi qochib qolgan 17 yoshli fransuz qizni qutqarib qoldi. 

Kelinlar eng omadsiz to‘y tortlarini namoyish qildilar>>

Kelinlar qandolatchilarga dastlab buyurtma berilganiga umuman o‘xshamaydigan “dahshatli” to‘y tortlarini namoyish qildilar. Daily Mail nashrining yozishicha, bayramona pishiriqning narxi 1 ming dollardan oshishi mumkin.

Jasur Umirov “Instagram”dagi suratlari sababli “O‘zbeknavo” tomonidan ogohlantirildi>>

O‘zbek estradasi vakillaridan biri Jasur Umirov “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga oyoqlarini ma'murining tizzasi ustiga qo‘ygan holda tushgan suratini e'lon qilgani, mazkur foto ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgani sababli “O‘zbeknavo” estarada birlashmasi tomonidan ogohlantirildi.

Yil boshidan buyon 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi>>

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotgani yoki milliy mentalitetimizga mos kelmasligi sababli 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi.

"Aqlli" soatlarda Nintendo konsoli o‘yinlarini ishga tushirish imkoni yaratildi>>

Hacking Jules dasturchilar guruhi Nintendo 64 konsoli o‘yinlarini Android Wear soatlarida ishga tushirishni ta'minlovchi emulyator yaratdi, deb yozmoqda Slashgear.

iPhone 6s smartfoni sotuvga chiqqanidan bir oy bo‘lmay, "xitoycha" nusxaga ega bo‘ldi>>

Apple kompaniyasining so‘nggi flagmani – iPhone 6s ommaga taqdim etilganidan bir oy o‘tib, uning “xitoycha” nusxasi ham tarqab ulgurdi. Ushbu nusxani rasmiy 649 dollardan 17 barobar arzon narxda sotib olish mumkin. 

Google 2017 yilga qadar Android va Chrome OS operatsion tizimlarini birlashtirmoqchi>>

Google kompaniyasi 2017 yilga qadar Chrome OS va Android operatsion tizimlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Volvo yo‘ldagi kengurular haqida ogohlantiruvchi tizimni sinovdan o‘tkazmoqda>>

Volvo avtokonserni Avstraliya sharoitlari uchun maxsus, kengurular bilan to‘qnashish oldini olishga qaratilgan tizimni sinovdan o‘tkazmoqda.

GoPro o‘zining kvadrokopteri yordamida olingan videorolikni chop etdi>>

GoPro ekshen-kameralari va ularga aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi GoPro kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan kvadrokopter yordamida yozib olingan videorolikni YouTube videoxostingida chop etdi.

Maradona 55 yoshda. Futbol va futbolchiga xos bo‘lmagan hayot>>

Bugun, 30 oktabr kuni argentinalik sobiq futbolchi va Argentina terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Diyego Armando Maradona 55 yoshini nishonlamoqda.

Artur Taymazov sportchilik faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi>>

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p unvon olgan sportchi, uch karra Olimpiya chempioni, Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori Artur Taymazov o‘zining sportchilik faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi.

Top