09:15 / 30.10.2015
2566

OAV: “Transaero” tejash uchun samolyot dvigatellarini almashtirar edi

Rossiyaning yirik lizing kompaniyalari “Transaero” aviakompaniyasi faoliyatida “kannibalizatsiya”ni qayd qilishdi, ya'ni kompaniya xodimlari ayrim lizingga beruvchilarning samolyotlaridan dvigatellarni yechib olib, boshqalarining laynerlariga o‘rnatishgan. Bu haqda “Kommersant'” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, profilaktika bir oy vaqt va ko‘p mablag‘ talab qiladigan dvigatellarga nisbatan shunday qilingan. Buning natijasida lizing bergan banklar 20ta havo kemasining komplektatsiyasidagi nuqsonlar tufayli ularni boshqa kompaniyalarga lizingga bera olmayapti.

Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, buni surishtirish uchun tashkil etiladigan audit yuz minglab dollar sarf-xarajatni talab qiladi, ehtiyot qismlarni birlamchi komplektatsiyaga keltirish uchun esa bir necha million dollar kerak bo‘lishi mumkin.

Top