19:02 / 30.10.2015
5286

Olimlar ayollar 26 dan 30 gacha yoshda farzand ko‘rishlari ularning hayotini uzaytirishini aniqlashdi

Olimlar ayollarning birinchi farzand ko‘rish yoshlari va ular hayotining davomiyligi o‘rtasida o‘zaro aloqa borligini aniqlashdi: ularning ta'kidlashicha, 26 dan 30 gacha yoshda ona bo‘lgan ayollar qolgan ayollarga nisbatan uzoqroq yashar ekanlar. Tadqiqot BMC Medicine jurnalida chop etildi.

Tadqiqotda 10 ta davlatdan 322 972 nafar ayol ishtirok etdi. Ayollarning salomatliklari ular 50 yosh bo‘lganlarida o‘rtacha 12,9 yil davomida kuzatib borildi. Kuzatuv davomida 14383 nafar ayol vafot etgan, ulardan 5938 nafari onkologik, 2404 nafari yurak-qon tomiri tizimi kasalliklari sababli olamdan ko‘z yumgan.

Olimlar birinchi farzand ko‘rish yoshi, farzandning ko‘krak suti bilan boqilishi va bevaqt o‘lim xavfi o‘zaro qanday bog‘langanini tahlil qilishdi. Farzandli ayollar yoshroq o‘lish xavfiga 20 foiz kamroq uchrashlari, birinchi farzandni ko‘rish uchun eng optimal yosh esa 26 dan 30 gacha bo‘lishi aniqlandi. Bu barvaqt o‘lish xavfini yana 8 foizga kamaytirgan. Farzandni ko‘krak suti bilan boqish ham onalarning salomatligi va ularning hayotlari uzoqligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan.

Top