18:12 / 30.10.2015
8122

Oltinko‘l iqtisodiyot kollejida “Biz jinoyatchilik va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

30 oktabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Biz jinoyatchilik va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida ma'naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz maxsus muxbiri Elmurod Ermatov xabar berdi.

Yoshlar anjumanida so‘z olgan tuman hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Muqaddasxon Sultonova, tuman imom-xatibi o‘rinbosari Sanjarbek Mamanazarov, shoira Zamira Ro‘ziyeva, “Oltinko‘l” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muharriri Faxriddin Parpiyev bugun mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga berilayotgan yuksak e'tibor, ularning har tomonlama yetuk inson bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda istiqlol g‘oyasining mohiyati haqida ma'ruza qilishdi.

Kollej talabalari tomonidan tayyorlangan “Yot g‘oyalar ta'siriga tushib qolmaylik” deb nomlangan sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Iqtidorli talabalar mo‘'jaz sahna asari orqali muqaddas Islom dinini niqob qilib jahonda tinchlik-totuvlikka rahna solayotgan terrorizm illati oqibatlarini yuqori darajadagi ijro mahorati bilan ko‘rsatib berishdi.

Tadbir davomida o‘quv muassasasi badiiy havaskorlari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

Top