12:39 / 30.10.2015
3983

O‘zbekistonda jurnalistlar uchun imloviy xatolarni ko‘rsatuvchi dastur ishga tushiriladi

O‘zbekistonda matn va jumlalardagi xatoliklarni ko‘rsatib beradigan dasturiy ta'minot ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Abdulaziz Abdullayev ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dastur nafaqat matndagi imloviy xatolar, balki uslubiy jihatdan noto‘g‘ri, g‘aliz jumlalarni ham ko‘rsatib beradi.

Mazkur dastur 2015 yil so‘ngiga qadar ishlab chiqarilib, sinovdan o‘tkaziladi va 2016 yildan jurnalistlarga bepul taqdim etiladi.

Top