01:05 / 30.10.2015
3325

Poroshenko 2014 yilda Maydanda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha ishni sudga topshirishni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2014 yilda Maydanda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha ishni sudga topshirishni talab qilmoqda, deb xabar berdi tvitterda Poroshenkoning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolko.

Ukraina bosh prokuraturasi 29 oktabrda Xavfsizlik xizmatining sobiq boshlig‘i Valentin Nalivaychenkoning aytgan so‘zlarini qo‘shimcha tekshirish uchun sabab bo‘ladigan hujjatlarga egaligini ma'lum qildi. Nalivaychenko avvalroq Rossiyaning 2014 yilda norozilik namoyishlarida Kiyev markazida odamlarning o‘qqa tutilishiga aloqador ekanligini aytgan.

Kiyevning bosh maydoni – Maydan 2013 yilning 21 noyabrida Ukrainaning o‘shandagi bosh vaziri Nikolay Azarovning Yevropa Ittifoqi bilan uyushma tuzish bo‘yicha kelishuvlar imzolanishi to‘xtatilganini aytandan keyin, yevrointegratsiya tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilar tomonidan egallab olingan. Keyinroq Maydan huquq-tartibot muassasalari xodimlari va radikallarning to‘qnashuvlari markaziga aylangan. To‘qnashuvlar oqibatida bir necha o‘nlab odam halok bo‘lgan.

Top