18:14 / 30.10.2015
5042

RIA Novostining sobiq bosh muharriri iste'fosini Putinning AQSh ta'limiga “muhabbati” bilan tushuntirdi

2013 yilning dekabrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning farmoniga ko‘ra RIA Novosti axborot agentligining bosh muharrirligidan ozod qilingan Svetlana Mironyuk Forbes jurnaliga o‘z iste'fosining sabablari haqida hikoya qilib berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya prezidentining ma'muriyati uning AQSh oliygohlaridan birida qo‘shimcha ta'lim olish niyatini yoqlamagan. Bu bahs o‘z-o‘zidan Rossiyaning davlat OAVi qanday mavzularni yoritishi lozimligi haqidagi bahslarga ko‘chgan.

“Ya'ni, menga davlatga tegishli OAV rahbari Amerikaga borib, g‘arbcha ta'lim olmasligi kerakligini tushuntirishdi, - deb ta'kidladi ayol. – Men ancha tirishqoq davlat ishchisi edim, men maktab rektoriga xat yozib, mamlakatimizda Olimpiada bo‘lishini, unga tayyorgarlik ko‘rishim uchun menga akademik ta'til berilishini so‘ragan edim. Bu taqdir bo‘lsa kerak, muxlatlar bunday to‘g‘ri kelib qolishini bilmagan edim. Men “Olimpiada tugaguniga qadar menga akademik ta'til taqdim etishingizni so‘rayman” deb yozgandim. Bu to‘g‘ri chiqdi: Olimpiada tugadi – men o‘qishga qaytdim”.

Mironyuk aslida 2011 yildanoq agentlikdan ketishni o‘ylay boshlaganini ta'kidladi. Shu bilan birga, u umuman OAVdagi faoliyatini yakunlab, turmush o‘rtog‘i Sergey Zverevning KROS piar-agentligiga qaytishni o‘ylagan. Lekin bundan oldin ta'lim olishni istagan.

O‘sha yiliyoq Mironyuk Chikago universiteti qoshidagi Chicago Booth biznes maktabiga MVAga kirgan. Ammo oliygohda o‘tkazilgan birinchi semestrdan so‘ng prezident ma'muriyati unga “ahmoqgarchilikni yig‘ishtirib”, o‘qishni tashlashni “tavsiya” qilgan.

Mironyuk uning iste'fosiga “GazProm Media” boshqaruv raisi Mixail Lesin buyurtma berganini intervyu chog‘ida ta'kidlab o‘tdi.

“Aynan u bilan bahsda men davlat OAVida “davlat manfaatlari” nima ekanligi masalasida tortishib qoldim”, - tan oldi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil dekabrida Mironyuk “Exo Moskvy” radiosi bosh muharriri Aleksey Venediktov bilan ixtilofdan so‘ng iste'foga chiqqani aytilgan edi.

“Men boshqa hech qachon davlat uchun ishlamasligimni aniq bilaman, shu bilan birga, qalbimda davlat odami bo‘lib qolaveraman. Men unga ishonmay qo‘ydim, va o‘zimni boshqa unga ishonmayman”, - deb yozgan edi o‘shanda ayol.

Top