11:57 / 30.10.2015
3891

Ronalduning do‘sti: Ronaldu Angliyaga qaytishni istaydi

"Real" jamoasining portugaliyalik hujumchisi Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda futbolchining do‘sti Joze Semeduga asoslanib, Talksport xabar tarqatgan.

"U Madridda juda baxtiyor. Lekin u ingliz futbolini va angliyaliklarni yoqtiradi. U faoliyati oxirigacha Ispaniyada qolmoqchi emas. Unga qolsa, "Real" bilan birgalikda APLda qatnashishni istaydi. Buning iloji yo‘q ekan, u Angliyaga qaytadi", dedi Semedu.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli Semeduning o‘zi chempionship vakili "Sheffild Uensdey"da o‘ynaydi. U o‘z vaqtida Ronaldu bilan birga "Sporting" safida bo‘lgandi.

Sentyabr oyida Ronaldu "Real"ni tark etish niyatida ekani, uning "MYu"ga yoki "PSJ"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.

Ma'lumot uchun, futbolchining "Real" bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. U "Real" safiga 2009 yilda "MYu"dan 96 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan, ungacha Angliyada 6 yil davomida faoliyat ko‘rsatgandi.

Top