12:20 / 30.10.2015
22916

Suriyalik va afg‘onistonlik ayrim jangarilar O‘zbekiston hududida yashirinishmoqchi

Navoiy madaniyat va san'at kollejida “Tinchlikni saqlash – dolzarb vazifa” mavzuida seminar o‘tkazildi, deb xabar beradi “Znamya drujby” gazetasi. Tadbir tashkilotchilari MXX viloyat boshqarmasi, IIB, Respublika ma'naviyat targ‘iboti markazi, viloyat hokimiyati va “Kamolot” YoIH viloyat kengashi bo‘ldi.

Tadbirda chiqish qilgan mutaxassislar ishtirokchilarni O‘zbekistonda narkomaniya, xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizmga qarshi kurash yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan atroflicha tanishtirib chiqdilar.

Bundan tashqari, Afg‘oniston, Suriya singari mamlakatlardagi to‘qnashuvlarda ishtirok etib, so‘ng qochishga majbur bo‘lgan ayrim ekstremistlar O‘zbekiston hududiga kirib, bu yerda yashirinishga urinayotgani ta'kidlandi. Ularni chegaradan o‘tkazib qo‘yadigan odamlar esa arzimagan pul evaziga butun mamlakat xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yayotgani aytib o‘tildi.
Seminar yakunida “Tinch chegara” nomli videorolik namoyish etildi.

Top