08:46 / 30.10.2015
5285

Urugvay prezidenti samolyot bortida bir qizni qutqarib qoldi

Urugvay prezidenti Tabare Vaskes Parijga ketayotganida samolyot bortida mazasi qochib qolgan 17 yoshli fransuz qizni qutqarib qoldi. El Pais nashrining eslatib o‘tishicha, Vaskes tibbiyot kollejini bitirgan.

Urugvay prezidenti o‘zining shaxsiy shifokori bilan birgalikda allergik reaksiyaga uchragan va nafas olishi qiyinlashgan qizda reanimatsion ishlarni amalga oshirdi.
In'yektsiya natijasida yo‘lovchi qiz o‘ziga keldi va Parijgacha eson-omon yetib bordi.

Top