16:12 / 30.10.2015
2811

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda OAVning roli muhokama qilindi

2015 yilning 30 oktabr kuni Toshkentdagi “City Palace” mehmonxonasida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda OAVning roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarda bosma, on-layn OAV hamda axborot agentliklari vakillari uchun respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ularning samarasi va bu boradagi muammo va kamchiliklar, faoliyat yo‘nalishlarining OAVda yoritilishi muhokama qilindi.

Ekspertlar tomonidan markaziy va hududiy nashrlardagi yoshlar uchun tayyorlangan materiallardagi mazmun va uslubiy xatolar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar uchun tahliliy ma'lumotlarning yetkazilishiga oid tavsiyalar berildi.

Top