15:17 / 31.10.2015
6528

“O‘zbekistonda paxta tozalash” korxonasining sobiq rahbari ustidan o‘tkazilgan sud yakunlandi

“O‘zbekistonda paxta tozalash” OAJning sobiq boshqaruv raisi Bahodir Sa'dullayev ustidan o‘tkazilgan sud ishi yakunlandi, deb xabar beradi “Huquq” nashri.

1966 yili Samarqand viloyatida tug‘ilgan Sa'dullayev korxonaga 2013 yildan buyon rahbarlik qila boshlagan. U o‘z ishida jamiyat qoshidagi paxta qabul qilish maskani 2-zona tovarshunosi Akram Atakulov bilan til biriktirib, hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritib borgan. jumladan, 2013 yilning sentabr-noyabr oylarida Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan fermer xo‘jaliklari tomonidan jamiyatga qarashli paxta qabul qilish maskanlariga aslida 12.644 tonna paxta xom ashyosi qabul qilingan bo‘lsa-da, yuk xatlari va ma'lumotlarga 15.508 tonna ko‘rsatkichi kiritilgan. Yil davomida sheriklar ushbu fermer xo‘jaliklariga 791 tonna paxta xom ashyosini qo‘shib yozish hisobiga jami 323 mln so‘mlik kamomadga yo‘l qo‘yishgan.

Ish Yuqori Chirchiq tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Top