18:24 / 31.10.2015
9420

31 oktabrda O‘zbekistonda qovoqlarga chiroqlar yoqilmaydi

O‘zbekiston aholisi 31 oktabr sanasini Irlandiya va Shotlandiyaning tub aholisi bo‘lmish keltlar nishonlab kelgan va hozirda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida urfga kirayotgan qadimgi bayrami “Xellouin” ni bayram sifatida nishonlamaydi.

Ushbu bayramning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qadimgi keltlar 31 oktabrdan 1 noyabrga o‘tar kechasini bu dunyoni tark etgan yaqinlarini eslab o‘tkazishgan. O‘shandan boshlab qovoqlardan chiroqlar yasash urfga kirgan. Ular bu yo‘l bilan marhumlarning to‘g‘ri yo‘lni topib olishlari uchun zamin hozirlashgan.

“O‘zbekiston o‘zining boy va qadimiy tarixi, o‘tmishdan to bizga qadar yetib kelgan urf-odatlariyu, ana'nalariga ega davlat. Bizga o‘zga millatlarning bayramini ommalashtirishga hech qanday ehtiyoj yo‘q”, — deb ta'kidlab o‘tgandi O‘zbekiston madaniyat va sport vazirligi rahbarlaridan biri.

Top