14:10 / 31.10.2015
2294

Argentinaga kreditorlar uchun 6 milliard dollarlik qo‘shimcha to‘lov majburiyati yuklandi

Nyu-York sudi Argentina hukumatiga uning obligatsiyalariga egalik qilayotgan kreditorlar bilan kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etish uchun 6,1 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish majburiyatini yukladi, deya xabar qilmoqda TASS agentligi.

Mazkur qaror sudya Tomas Griyes tomonidan chiqarildi. Shu orqali Buenos-Ayresning Argentina qimmatbaho qog‘ozlariga egalik qilayotganlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larning umumiy miqdori taxminan 8 milliard dollarga yetdi.

Gap avvalroq Argentina tomonidan 2001 yildagi mamlakat tarixidagi eng yirik defolt oqibati hisoblangan davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozi bo‘lmagan xorijlik xej-fondlar uchun to‘lovlar haqida ketmoqda.

Top