12:38 / 31.10.2015
3264

"Istiqlol” san'at saroyida uchtepalik yoshlarning "Kelajak yulduzlari” festivali bo‘lib o‘tdi

2015 yil 27 oktabr kuni "Istiqlol” san'at saroyida Toshkent shahri Uchtepa tumani yoshlarining "Kelajak yulduzlari” festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu festivalda markazlarda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha to‘garaklar qatnashchilari, badiiy havaskorlik jamoalari hamda tumanning iqtidorli yoshlari ishtirok etdi. Yosh iqtidor egalarini qutlash maqsadida festivalga Qoraqalpog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston xalq artisti Ortiq Otajonov, "Nihol” mukofoti sovrindori Isroil Saidumarov, estrada xonandalari Baxrom Nazarov, Aziz Rajabiy, Dilshod Yunusov singari mehmonlar tashrif buyurdi.

Festivalda 4000 nafardan ziyod aholi qamrab olindi va tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.
Xabarda shu kabi festival va gala-konsertlar Bosh boshqarma tasarrufidagi barcha tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tomonidan ham o‘tkazilishi rejalashtirilgani ta'kidlab o‘tildi.

Top