19:02 / 31.10.2015
6633

Misrda yuz bergan falokat Rossiya aviatsiyasi tarixidagi eng yirigi bo‘ldi

Misrda Rossiya aviakompaniyasiga tegishli Airbus 321 samolyotining falokati halok bo‘lganlar soni bo‘yicha Rossiya aviatsiyasi tarixidagi eng yirigi bo‘ldi. Bundan ochiq manbalardan olingan ma'lumotlar darak bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, “Kogalymavia” aviakompaniyasi samolyotining qulashi oqibatida 224 kishi – 217 yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi halok bo‘lgan.

Bundan avvalgi samolyot falokatga uchrashi bilan bog‘liq yirik fojia Sobiq ittifoq paytida 1985 yilda Uchquduqda sodir bo‘lgan. O‘shanda “Aeroflot” aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotining qulashi oqibatida 200 kishi halok bo‘lgan edi.

Yuqoridagi ikki holatdan tashqari, Rossiya va sobiq ittifoq tarixida 200 va undan ortiqroq odam halok bo‘lgan boshqa bunday katta falokatlar yuz bermagan.

Top