01:00 / 31.10.2015
4697

OAV: aktyor Benedikt Kamberbetch teatr sahnasidan turib siyosatchilarga nisbatan qo‘pol so‘zlar ishlatdi

Sherlok Xolms haqidagi serialda bosh rolni ijro etgan britaniyalik taniqli aktyor Benedikt Kamberbetch Yevropadagi qochqinlar inqirozi bilan bog‘liq muammoga keskin tarzda noroziligini bildirdi.

“Gamlet” spektaklidan keyin aktyor shoir Uorson Shayrning “Uy” she'rini o‘qib berdi. Kamberbetch, shuningdek, kuniga 5 mingga yaqin qochqin keladigan Gretsiyaning Lesbos oroliga ko‘ngilli sifatida borgan o‘zining do‘sti haqida gapirib berdi.

Buyuk Britaniya hukumati yaqin 5 yil ichida Yaqin Sharqdan 20 ming muhojirni qabul qilishga rozi bo‘lgani aktyorning g‘azabini keltirdi. Kamberbetch qandaydir onda o‘zini yo‘qotib qo‘yib, sahnadan turib to‘satdan siyosatchilarga nisbatan qo‘pol so‘z ishlatdi.

Nashrning ta'kidlashicha, aktyor har bir tomoshadan keyin tomoshabinlardan suriyalik qochqinlarga yordam beruvchi jamg‘armaga xayr-ehson berishlarini so‘raydi.

Top