17:54 / 31.10.2015
6082

OAV: Misrda falokatga uchragan samolyot havoda yonib ketgan

Misr OAVlari guvohlarga iqtibos keltirgan holda Sharm-al-Shayhdan Sankt-Peterburgga 9268 reysi bo‘yicha parvoz qilayotgan paytda falokatga uchragan Rossiyaning “Kogalymavia” aviakompaniyasiga tegishli Airbus 321 samolyoti qulashi oldidan havoda yonib ketgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Samolyot Misrdan Toshkent vaqti bilan soat 8.51da havoga ko‘tarilgan va shundan keyin radarlar ekranidan yo‘qolib qolgan. Samolyotda 217 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan.

“Yonayotgan samolyotni ko‘rishgan, taxminlarcha samolyotning dvigateli yongan”, deb aytmoqda mahalliy aholi.

Samolyot qulagan Sinay yarimoroli aholisining aytishicha, samolyotning bo‘laklari tog‘li hududda katta maydonga sochilib ketgan.

Rossiya transport vazirligi samolyotning qulashi oqibatlarini aytishga hali ertaligini aytmoqda.

Vazirlikda aytilishicha, falokat sabablarini fojiani o‘rganish bo‘yicha xalqaro tergov o‘tkazilgandan keyin aytish mumkin bo‘ladi.

Top