18:48 / 31.10.2015
6251

O‘zbek olimlari “Rotorli-diskli don maydalagich” qurilmasini ishlab chiqishdi

Toshkent davlat agrar universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti olimlari tomonidan chorvachilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va shaxsiy xo‘jaliklari uchun kichik hajmdagi “Rotorli-diskli don maydalagich” qurilmasini ishlab chiqishdi,-deya xabar beradi, universitet qoshidagi “Innovatsiya va integratsiya Markazi” xodimlari.

Hozirgi kunda chorvachilikga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida dolzarb muommalardan biri mehnat talabi katta texnologik jarayonlarni elektromexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish hisoblaniladi. Chunki, chorvachilikda kichik mexanizatsiya vositalarining yetishmasligi natijasida asosiy texnologik jarayonlar qo‘lda bajariladi. Shuni xisobga olish kerakki, ozuqa tayyorlash texnologik jarayoni metall va energiya sig‘imi katta mashinalar bazasida bajariladi, natijada ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning tannarxi oshib ketadi.

Qurilma asoschilari don maydalagichni yaratishda o‘z oldilariga quyidagi vazifalarni ijobiy hal etishga asosiy e'tiborlarini qaratishdi va o‘z maqsadlariga erishishdi:

  • Ø energetik ko‘rsatgichlarini pasaytirish;
  • Ø sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash;
  • Ø iqtisodiy samaraga erishish.

Toshkent davlar agrar universiteti olimlari taklif etayotgan rotorli-diskli don maydalagich, kichik fermer, dehqon va shaxsiy xo‘jaliklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, metall va energiya sig‘imi kam, bir va uch fazali elektr tarmoqlarida ishlatilishi mumkin, nisbiy energiya sarfi jaxon standartlariga javob beradi va 0,005 kVt*soat/ kg dan oshmaydi, sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha maydalagichda maydalangan don zarrachalari o‘lchamlarining bir xilligini ta'minlashi bilan belgilanadi. Maydalagich IAF № 20040161 raqamli patenti bilan himoyalangan. Maydalagichning  rotor va stator oralig‘idagi tirqishini o‘zgartirish orqali mollar va parrandalarning turi, guruhiga qarab kerakli maydalikda maydalangan yorma olish imkonini beradi. Maydalagichda maydalangan yormadan sifatli aralash yem tayyorlash va ozuqalarning to‘yimli moddalaridan to‘liq foydalanish imkonini beradi, chiqindi chiqishi sezilarli darajada kamayadi.

Joriy yilning 19-21 may kunlari “O‘ZEKSPOMARKAZ” da bo‘lib o‘tgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VIII Respublika yarmarkasi”da ushbu qurilmaning sanoat nusxasi namoyish etildi va yarmarkaga kelgan ko‘plab fermer xo‘jaliklari rahbarlarining qiziqishiga sabab bo‘ldi. Yarmarka doirasida ushbu qurilmaga buyurtmalar olinib 30 mln. so‘mlik shartnomalar imzolandi.  

Top