18:05 / 31.10.2015
6648

O‘zbekiston dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratmoqda

“O‘zfarmsanoat” AK tabiiy ingrediyentlar asosida tayyorlanadigan dori vositalari hajmini oshirish maqsadida dorivor o‘simliklarni ishlab chiqarish plantatsiyalarini yetishtirish bo‘yicha fermerlik xo‘jaliklari yaratishni rejalashtirmoqda. 

“Bugungi kunda 4 ming gektar yerda eng talabchan dorivor o‘simliklar plantatsiyalari yaratilgan, barcha zaruriy texnologik qurilmalarni sotib olish uchun ajratilgan 46,7 mln dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Natijada mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida 32 mlrd so‘mdan ko‘proq qiymatga dori mahsulotlari ishlab chiqarilgan”, deb ta'kidlab o‘tdilar Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida kompaniya vakillari.

Kompaniya mutaxassislari ma'lumotlariga ko‘ra, bir necha yil davomida ko‘rilayotgan choralar evaziga 80 ta yangi korxona yaratiladi. Bu tayyor dorilar va biologik faol qo‘shimchalar assortimenti va ishlab chiqarilishi hajmini oshiradi.

Top