15:27 / 31.10.2015
7117

Prezident: ayrim kuchlar Qirg‘iziston davlatini avvalgidek zaif deb hisoblamoqda

Terrorizm Qirg‘iziston jamiyatiga bevosita tahdid solmoqda. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev huquqni himoya qilish organlari xodimlariga murojaatida ushbu so‘zlarni aytib o‘tdi.

Uning ta'kidlashicha, terrorizm “umuminsoniy falokat” bo‘lib, chegaralarni nima ekanini bilmaydi. “Shunday kuchlar borki, ular Qirg‘izistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishni istaydi”, - qayd etdi Atambayev. – Ular davlatni avvalgidek kuchsiz deb hisoblaydi va shuning uchun noqonuniy harakatlarini amalga oshirishga intilmoqda”. Biroq Qirg‘iziston prezidentining fikricha, respublikadagi vaziyat so‘nggi yillarda sezilarli darajada yaxshilanib, xavfsizlik ta'minlanmoqda.

“Bugun bizda butunlay boshqacha muhit, - so‘zida davom etdi prezident. – Bizda tartib va xavfsizlikni saqlashga turib bera oladigan tuzilmalar va organlar mavjud. Yaqinda Bishkekda o‘tkazilgan maxsus amaliyot bunga misol bo‘ladi”. Atambayev IIV xodimlarining o‘ta xavfli jinoyatchilar qamoqxonasidan qochib ketganlarni zararsizlantirganini eslab, “fojiali oqibatlarga yo‘q qo‘yilmagani”ni aytib o‘tdi.

Top