12:28 / 31.10.2015
18999

Qozog‘istonda dollarda millioner bo‘lgan kishining hayot tarzi

Bloger va fotograf Sergey Anashkevich Qozog‘istonda haqiqiy dollardagi millioner bilan tanishdi. Uning ismi cho‘pon Damir.

Mazkur voqeani bloger o‘zining “Tirik jurnali”da hikoya qiladi. Sizga ushbu qiziqarli tanishuv haqida hikoya qilib berish istagidamiz.

Turar-joylarga katta yo‘lda Chunjidan Chorin tomon ketayotganingizda ko‘zingiz tushadi. Qandaydir vagonchalar, tashklandiq joylar, eski g‘ildiraklar uyumi... Bu xarobalar odamlarning ancha oldin tashlab ketilgan uyiga o‘xshab ko‘rinadi, biroq...

... bir xarobaning mo‘risidan tutun chiqmoqda, uning tomida esa ko‘p vaqtlardan beri nafaqat kir yuvish mashinasi, balki issiq so‘v to‘ldirilgan tog‘ora va 72 foizlik xo‘jalik sovunini ham ko‘rmagan eski va ko‘rimsiz kiyim kiygan kishiga ko‘zim tushdi.

Qiziquvchanligim tutib, qurilishi boshlanib, bitmagan uyga qarab yurdim. Yigit meni ko‘rib, kutib olishga shaylandi. Bir necha qadam qolganda qo‘lini cho‘zib: “Damir” dedi. Tanishdik. Men o‘zimning kim ekanligim va nima uchun suratga olayotganim haqida gapirdim. U meni mehmonga chaqirdi, biroq darhol ko‘p vaqti yo‘q ekanligi, ishlari borligi, o‘zining tog‘dagi qo‘ylari podasining oldiga borishi kerakligini aytdi.

- Siz cho‘ponmisiz?

- Yo‘q, men o‘zim cho‘ponlik qilmayman. Endilikda mening qo‘ylarimni cho‘ponlar boqishmoqda.

- Katta podami?

- Menda ulardan bir nechta, hammasi bo‘lib 4,5 ming bosh qo‘yim bor. Yana 400 sigir ham. Bir necha yuz otlar...

Suhbat vaqtida  men raqamlardan ta'sirlanib, ularni pulda qancha bo‘lishini hisoblamagan holda, bor-yo‘g‘i bosh silkib qo‘ya qoldim. 15 daqiqadan so‘ng mashinaga qaytganimda mening qozog‘istonlik hamrohlarim bu sonlarni pul ko‘rinishiga aylantirib berishdi va biz yo‘limizda davom etdik.

- O, demak siz millioner bilan suhbat quribsiz.

- Shunaqami? Million tanga – bu qancha bo‘ladi?

- Dollardagi millioner!

Keyin esa biroz tanaffus, men kutilmaganda portlash yuz bergan fikrlarimni bir joyga jamlab olgunimga qadar, yigitlar davom etishdi:

- Semiz otning narhi 1 000 dollardan boshlanadi, sigir – 500-800, qo‘y-100 dollar. Bu ularning tirigi va ulgurji savdosi uchun narhlar. Agar ular go‘sht ko‘rinishida sotilsa, narhlar umuman boshqacha bo‘ladi. Qo‘yni 200 dollardan kamiga sotib ololmaysiz. Mana o‘zingiz hisoblang. Kamida million...

Bunga ishonish qiyin, biroq katta podalarga ega bo‘lgan kishilar Qozog‘istonda darhaqiqat millioner hisoblanishadi. Bu chorva mollari uyurini ular bir necha o‘n yilliklar davomida yetishtiradilar, ular bilan qir-adirlar bo‘ylab yuzlab kilometr yo‘l bosishadi, kasalliklar, bo‘rilarga qarshi kurashadilar, mana shunday sharoitda kun kechirishadi va o‘zgacha hayot tarzini bilmaydilar.

Bizga hamrohlik qilayotgan gidning aytishicha, o‘g‘illar otasi vafoidan keyin uning ishini davom ettirish, cho‘lda, bunday harobalarda kun kechirish, doimiy ravishda hayvonlarni boqishni istamasdan chorvalarining yirik podasini sotib, bir ondayoq millionerga aylanishi holatlari ko‘p uchraydi. Biroq ular sivilizatsiyada yashashni bilmaydilar, shuning uchun ko‘pincha pullarni tezda yeb bitirib, biroz vaqt o‘tgach... cho‘lga qaytib keladilar. Biroq endi oddiy cho‘pon bo‘lib. Chunki bundan boshqa ish qila olmaydilar.

Bu Damirning yordamchisi. U cho‘ponlar va qo‘ylarga qaraydi.

Damir bor kuchi bilan qishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, xomilador bo‘lgan qo‘ylar uchun yashaydigan joy qurmoqda. Suratda ko‘rib turganingiz – qurilish materiallari...

Bu vagonchada esa Damirning yordamchilari yashashadi.

Mana bu qo‘chqorlar – Damir uchun hozirda eng qimmatli narsa. Qo‘chqorlar deyilganda ishlab chiqaruvchi qo‘ylar tushuniladi. Ularni qish faslidan oldin podaga qo‘yib yuboriladi. Damirda 12 ta qo‘chqor bor va unikida mehmonda bo‘lgan kunim u yana 8 ta qo‘chqor sotib oldi.

U xarididan juda xursand, bahorda katta natijaga erishib, o‘z chorvasi podasi kapitalizatsiyasini yanada oshirishga umid qilmoqda.

Qishda qo‘ylarning chiqindisidan yonilg‘i sifatida foydalaniladi. U issiqlikni yaxshi chiqaradi, uyni isitish va ovqat tayyorlashga yordam beradi.

 

Damirning uyidan bir necha kilometr o‘tgach, biz cho‘lda qo‘ylar podasini ko‘rdik. Kim biladi, balki bu mehmondo‘st qozoq cho‘ponining tirik pullaridir...

Top