10:10 / 31.10.2015
2774

Rossiya Federal migratsiya xizmati Sheremetevo aeroportida yashayotgan suriyalik qochqinlar oilasiga boshpana berishni rad etdi

Moskva viloyati Federal migratsiya xizmati Sheremetevo aeroportining tranzit hududida bir oydan ko‘proq yashayotgan suriyalik qochqinlar oilasiga vaqtinchalik boshpana berishni rad etdi hamda ularga qochqinlar maqomini bermaslikka qaror qildi, deb xabar bermoqda oila advokati Roza Magomedovaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

“Sud hali bo‘lmagani, jinoiy ish yopilmaganiga qaramasdan, FMX oilaga vaqtinchalik boshpana taqdim qilmaslik va ularni qochqinlar deb tan olmaslikka qaror qildi”, deb xabar berdi Magomedova.

Advokatning aytishicha, FXS boshpana berishni so‘ragan oila a'zolarining hayoti qolganlarnikidan ko‘proq xavfda qolishiga yetarlicha asoslar topa olmagan. Bundan tashqari, FXS pasport, viza va 6 kishiga aviachiptaga sarflangan pullarni hisobga olgan holda, oilada moddiy muammolar yo‘q deb hisoblagan.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov suriyalik qochqinlar oilasi bilan bog‘liq vaziyat FXSning noto‘g‘ri harakatlari bilan yuzaga kelmaganini aytgan edi.

 

Top