08:54 / 31.10.2015
2499

S&P reyting agentligi Saudiya Arabistoni reytingini pasaytirdi

Standard & Poor's reyting agentligi Saudiya Arabistoni reytingini pasaytirdi, bunga sabablardan biri neft narxining pasayishi bo‘ldi. Bu haqda xalqaro agentlik materiallariga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi ma'lum qildi.

Saudiya Arabistonining xorijiy va milliy valyutalardagi uzoq muddatli kredit reytingi “AA-“ (yuqori sifatli to‘lov qobiliyati) darajasidan “A+” (o‘rtadan yuqori sifatli to‘lov qobiliyati) darajasiga tushirildi. Agentlikning ta'kidlashicha, prognoz ham “salbiy” bo‘lib qolmoqda.

S&P bunday o‘zgarishlarni mutaxassislarning 2015 yilda Saudiya Arabistoni byudjyet defitsitini 16 foizga baholashgani bilan asosladi. Taqqoslash uchun, 2014 yilda defitsit 1,5 foizni tashkil qilgan. Bunday defitsit o‘sishiga neft narxining keskin tushishi sabab bo‘lmoqda.

Top