20:46 / 01.11.2015
5179

Aktyor Jorj Kluni o‘zining rafiqasi Amal Alamuddinga to‘ylarining bir yilligi munosabati bilan restoran sovg‘a qildi

Taniqli amerikalik aktyor Jorj Kluni o‘zining rafiqasi, kelib chiqishi livanlik bo‘lgan advokat Amal Alamuddinga to‘ylarining bir yilligi munosabati bilan restoran sovg‘a qildi. Kluni va Alamuddin o‘tgan yilning sentabr oyida Venetsiya meriyasida nikohlarini qayd qilishgan edi. 

“Al-Xayat” gazetasining ma'lum qilishicha, gap yapon oshxonasi taomlarini tortiq qiluvchi eng yaxshi va qimmatbaho restoranlardan biri bo‘lgan Asanebo Sushi’ning Los-Anjyeles shahri Ventura ko‘chasida joylashgan filiali haqida ketmoqda. Los-Anjyeles shahridagi restoran Kluni uyining yonida joylashgan bo‘lib, uning 35 yoshli rafiqasiga bu restoran juda yoqib qolgan edi.

Juftlik vaqtlarini ko‘pincha ayro o‘tkazadilar: Amalning advokatlik idorasi Londonda joylashgan, Jorj esa xorijda suratga tushish ishlari bilan mashg‘ul. Bunday vaqtlarda Amal va Jorj bir-birlarini juda sog‘inadilar. Bundan tashqari, Amal sushini juda xush ko‘radi va turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlarda Londonda ham Los-Anjyelesdagi kabi yapon restorani yo‘qligini bir necha bor afsus bilan gapirgan.

Va Kluni haqiqiy sehrgar kabi ish tutdi. U Asanebo xo‘jayini bilan kelishib, Los-Anjyelesdagi filialni Londonga ko‘chirishga kelishib oldi. Aktyor restoranning yangi joyda jihozlanishi uchun barcha xarajatlarni (460 ming dollar) o‘zi qopladi, kerakli jihozlarni sotib oldi va reklama uchun xarajatlarni to‘lab berdi. Endi uning yuragini zabt etgan eng yaqin odami – rafiqasi Amal xuddi Los-Anjyelesdagi kabi Londonda tansiq taomlarni tanovul qilishi mumkin bo‘ladi.

Top