01:08 / 01.11.2015
4267

Halokatga uchragan Airbus 321 laynerining ikkala “qora quti”si ham topildi

Misr fuqaro aviatsiyasi vaziri Xusam Kamolning ma'lum qilishicha, Sinay yarim orolida 31 oktabr kuni halokatga uchragan Rossiyaning Airbus 321 laynerining ikkala “qora quti”si ham topilgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Misrda halokatga uchragan samolyotning barcha yozishmalari Rossiyaning o‘zida tekshirilishi to‘g‘risida ma'lum qilingan edi.

Top