14:31 / 01.11.2015
6297

IShID jangarilari Xoms provinsiyasidagi yana bir shaharni bosib oldi

IShID jangarilari Suriya armiyasi bilan bo‘lib o‘tgan janglardan so‘ng Xoms provinsiyasi ma'muriy markazidan janubroqdagi Maxin shahrini o‘z nazorati ostiga oldi, deya xabar bermoqda Reuters.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur shahar aholisi 2004 yilda qayta hisob-qilinganida 11 ming nafarni tashkil etgan.
Suriyada inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashi esa Maxindagi jangdan so‘ng hukumat qo‘shinlari tomonidan 50 askar halok bo‘lgani, Damashq va Xomsni bog‘lab turuvchi asosiy yo‘lning 20 kilometri jangarilar nazorati ostiga o‘tganini ma'lum qildi.
Shuningdek, asosan xristianlar yashaydigan Sadad shahri yaqinida ham janglar bo‘lib o‘tdi.

Top