17:00 / 01.11.2015
14895

Islom Karimov: AQSh davlat kotibining ilk tashrifi xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1 noyabr kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.

Xabarda ta'kidlanganidek, davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutladi va uning O‘zbekistonga ilk tashrifi o‘zaro hamkorlikka doir keng ko‘lamli masalalar va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta'kidladi.

Uchrashuvda mintaqaviy dolzarb muammolar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi. Afg‘onistondagi vaziyat, xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

AQSh davlat kotibi samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik izhor etib, Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbariyati ikki mamlakat manfaatlariga asoslangan munosabatlarni izchil rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Top