23:26 / 01.11.2015
3830

JARda mamlakatning sobiq mudofaa vazirining o‘g‘li o‘ldirib ketildi

Janubiy Afrika Respublikasining sobiq mudofaa va davlat xavfsizligi vaziri Nosivive Mapisa-Nkakulaning (Charlz Nkakula) o‘g‘liga pichoq bilan o‘limga olib kelgan jarohatlar yetkazilgan. Voqea 31 oktabrda kechki payt Yoxannesburgda yuz bergan, deb xabar bermoqda politsiya vakili Lungelo Dlamini.

Dlaminining aytishicha, 23 yoshli Chumani Nkakula vazirning 4 farzandining ikkinchisi bo‘lib, tanasining tepa qismiga pichoq urish bilan o‘ldirilgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Qotillikda gumon qilinib 24 yoshli shaxs qo‘lga olingan.
Vazir oilasiga farzandining o‘limi munosabati bilan Mudofaa vazirligi va Afrika milliy kongressi partiyasi hamdardlik bildirdi. Ma'lum qilinishicha, yigit qotil bilan tanish bo‘lgan.

Yigitning otasi Charlz Nkakula hozirda JARning Mozambikdagi elchisi bo‘lib ishlaydi.

Top