17:35 / 01.11.2015
2756

Jiru "Arsenal"ning Venger murabbiyligidagi 2000-golini urdi

Londonning "Arsenal" klubi 31 oktabr kuni Angliya chempionati doirasida "Suonsi"ga qarshi kechgan bahsda 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

Ushbu uchrashuvda Arsen Venger boshqargan vaqt davomidagi 2000-gol kiritildi. Ushbu gol Olive Jiru nomiga yozildi.

Qayd etish kerakki, Jiru "Everton"ga qarshi o‘yinda hisobni ochgan gol muallifi bo‘ldi. Undan keyin gol urgan Loran Koselni va Joel Kempbell jamoaning 2001 va 2002-gollarini urishdi.

Eslatib o‘tamiz, Arsen Venger boshqaruvidagi jamoaning ilk goli 1996 yilning 12 oktabrida Yan Rayt tomonidan urilgan edi.

Top