19:17 / 01.11.2015
4440

Joriy yilda AvtoVAZda yig‘ilgan har bitta mashina kompaniyaga 43 ming rubldan zarar keltirdi

Joriy yilda AvtoVAZda yig‘ilgan har bitta mashina kompaniyaga 43 ming rubldan zarar keltirdi

Joriy yilning 9 oyi uchun AvtoVAZning hisobotidan joriy yilda kompaniyada yig‘ilgan har bitta mashina unga 43 ming rubldan zarar keltirgani kelib chiqmoqda. 2014-2015 yillarda xodimlarni optimallashtirish va yetkazib beruvchilar bilan olib borilayotgan ish hozircha kompaniyani ziyon ko‘rmasdan ishlashga olib chiqmadi.

Hisobot davrida kompaniya umumiy hisobda Lada, Renault, Nissan va Datsun modellaridan 368 mingta ishlab chiqardi va 15,9 mlrd rubllik sof ziyon ko‘rdi.

AvtoVAZda bitta yig‘ilgan mashina uchun eng katta ziyon 2009 yilda ko‘rilgan edi, o‘sha yili bu ko‘rsatkich 170,6 ming rublni tashkil qilgan. Shundan beri zavod xarajatlarni kamaytirishga harakat qilib kelmoqda, jumladan xodimlar sonini qisqartirmoqda. 2014 yilda korxonaning ishchilari soi 14,4 ming kishiga, taxminan 50 ming kishigacha qisqartirilgan. Joriy yilda yana 1,1 ming kishini bo‘shatish rejalashtirilgan.

Ziyon ko‘rmaslik darajasiga qaytish uchun korxona “samarali choralarni” amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu choralar orasida xaridlarga xarajatlarni kamaytirish, norentabel korxonalarni yopish, doimiy va ishchi kuchiga xarajatlarni kamaytirish kabi choralar bor.

AvtoVAZning joriy yilning yanvar-sentabr oylaridagi tushumi 131,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Asosiy faoliyatdan ko‘rilgan zarar 45 foizga o‘sib, 14,5 mlrd rublni tashkil qilgan.

Ma'lumot uchun, AvtoVAZning 74,5 foiz aksiyasi Alliance Rostec Auto B.V kompaniyasiga tegishli. O‘z navbatida Renault-Nissan (67,13%) va «Rostex» davlat korporatsiyasi (32,87%) ushbu kompaniyaning aksiyadorlari hisoblanadi.

Top