18:33 / 01.11.2015
16494

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng asosiy xabarlari. O‘zbekiston (26.10-01.11.2015)

Hurmatli o‘quvchilar! Yurtimizda xafta davomida (26.10-01.11.2015) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Islom Karimov: Uchinchi jahon urushi ro‘y bersa, bu insoniyat uchun oxirgisi bo‘ladi>>

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Toshkentda 25 oktabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Yaponiya biznes-anjumani davomida BMTni isloh qilish zarurati masalasini ko‘tardi.

Islom Karimov: AQSh davlat kotibining ilk tashrifi xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1 noyabr kuni Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Jon Kerrini qabul qildi.

«S5+1» Markaziy Osiyo — AQSh hamkorlik formati tashkil etiladi>>

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 1 noyabr kuni Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentda 5 balli zilzila sodir bo‘ldi>>

26 oktabr kuni soat 14:12da Toshkent shahrida zilzila kuzatildi. Silkinishlar taxminan bir daqiqa davom etdi. Ularning magnitudasi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmadi. 

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning kun tartibini muhokama qildi>>

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi>>

O‘zbekistonda chet elga chiqish tartibi o‘zgartirildi, deb xabar beradi Norma.uz sayti.
Aytilishicha, hukumatning 22 oktabrdagi qarori bilan “Mansabdor shaxslarning chet el davlatlariga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014 yildagi hujjatga o‘zgartirishlar kiritilgan.

O‘zbekiston TIVda Xitoy elchisi bilan mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi>>

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi 1,5 martaga oshdi>>

2015 yilning dastlabki 9 oyi davomida oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish hajmi 10,114 trln so‘mni, o‘sish sur'ati o‘tgan yilga nisbatan 116,7 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonda 2015 yilda 8,5 trillion so‘mdan ortiqroq yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi>>

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida O‘zbekistonda yengil sanoat tarmog‘i korxonalari tomonidan 8587,0 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, deb yoziladi davlat statistika qo‘mitasi axborotida. 

O‘zbekistonda 2015 yilda 3,3 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi>>

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida jami 3388,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 115,9 foizga o‘sishga erishildi.

2015 yilning 9 oyida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 34,6 foizga oshdi>>

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi yil sayin oshib, 56 foizdan ko‘proqni tashkil etmoqda, deb yozadi Davlat statistika Qo‘mitasi matbuot xizmati.

26 oktabr kuni Toshkentda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ochiladi>>

Bugun, 26 oktabr kuni, Toshkentda IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ochiladi. U bir hafta davom etadi.

2015 yilning 9 oyida "O‘zavtoyo‘l" DAK tomonidan 93,7 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilindi>>

2015 yilning 22 oktabr kuni kompaniya boshqaruvining 2015 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kompaniya tizimidagi hududiy bo‘linmalar, sohaviy korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Yaponiya Navoiydagi shifoxona jihozlanishi uchun 5 mln dollar mablag‘ ajratadi>>

Yaponiya Navoiy shahridagi ko‘p tarmoqli shifoxonaning zamonaviy texnikalar bilan jihozlanishi uchun 5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Sputnik Yaponiya tashqi ishlar vazirligi spikeri Yasuxisa Kavamuraga asoslanib xabar tarqatdi.

Shindzo Abe Mustaqillik maydonini ziyorat qildi>>

24-26 oktabr kunlarida O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirgan Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe 25 oktabr kuni Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Unga O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qilgan.

Pensiya kiritimlarini amalga oshirish uchun qog‘ozli bildirishnomalar bekor qilinadi>>

2018 yilga kelib O‘zbekistonda yagona pension ta'minot bo‘yicha “Nafaqa” idoralararo axborot tizimi joriy qilinadi. 2015-2017 yillarda amalga oshiriladigan ushbu loyiha “Pensiya” dasturiy kompleksiga tayanadi.

JOGMEC O‘zbekistonda geologik razvedka ishlarini o‘tkazadi>>

Yaponiyaning milliy neft, gaz va metall korporatsiyasi (JOGMEC) va “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi O‘zbekistonning istiqbolli hududlarida uglevodorod xom ashyosi bo‘yicha geologik razvedka ishlarini olib borish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. 

Toshkentda Ispaniyaning viza servisi markazi ochildi>>

Ispaniyaning Moskvadagi bosh konsulligi VFS Global kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentda Ispaniyaning viza servisi markazi ochishdi.

Eron O‘zbekistonga yangi elchi jo‘natdi>>

2015 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eron Islom Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘oroziy Dormanini qabul qildi.

O‘zbekiston va Yaponiya turizm sohasida hamkorlik masalalarini muhokama etishdi>>

26 oktabr kuni Toshkentning «Grand Mir» mehmonxonasida B2B ko‘rinishida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya sayyohlik agentligi assotsiyasi (JATA) rahbari Xiromi Tagava va O‘zbekistoni sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 27 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Buyuk Britaniya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi>>

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi.

O‘zbekiston TIVda Chen Shaosin rahbarligidagi Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi>>

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Umumxitoy xalqaro do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Chen Shaosin rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekistonda infrastruktura rivojlanishiga 54.5 mln dollar ajratiladi>>

O‘zbekiston hukumati 19 oktabrda qabul qilingan qarorida besh yillik muddatda milliy infrastrukturani rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar mamlakatda bu yo‘nalishga 54.5 mln dollar ajratiladi.

O‘zbekistonliklar 26 oktabr kungi zilzila vaqtida vahimaga tushishmadi>>

26 oktabr kuni Afg‘oniston hududida joylashgan Hindikush tog‘larida Toshkent vaqti bilan soat 14:09da 7,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Hindiston poytaxtidan tortib, Rossiyaning Novosibirsk shahriga qadar sezilgan.

"O‘zekspomarkaz"da IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi o‘z ishini boshladi>>

26 oktabr kuni “O‘zekspomarkaz” 6ta ko‘rgazma zali, 2ta atrium, ochiq maydonchalar va konferensiya zallarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi ochildi. 

O‘zbekiston Afrikadagi davlatlarga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda>>

O‘zbekiston Afrika va Janubiy Amerikaning ilgari savdo munosabatlari o‘rnatilmagan 13 davlatiga yengil avtomobillarni eksport qilmoqda.

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qoldi>>

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini yillik 9 foiz darajada saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Latviya O‘zbekistondan kelayotgan import tovarlari sonini oshiradi>>

Uzbekistan Trading House (Latviya) rahbari Andrey Kolupayev O‘zbekistondan import qilinayotgan tovarlar nomenklaturasi kengaytirilishi haqida axborot berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish juda yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

2016 yildan O‘zbekistonda MAN avtobuslari seriyali ishlab chiqariladi>>

2016 yilning fevral oyidan JV MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasida past polli “MAN A 22” shahar avtobuslari seriyali tarzda ishlab chiqarila boshlanadi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida tashkil etilgan “O‘zavtosanoat” AK korxonalarida avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish” ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-konferensiyasida JV MAN Auto-Uzbekistan vakili Oybek Ayupov ma'lum qildi.

O‘zbekistonda “sariq lampochka”lardan foydalanish taqiqlanadi>>

2016 yil 1 iyulidan O‘zbekistonda quvvati 40 Vtdan ortiq bo‘lgan cho‘g‘lama lampalarni ishlab chiqarish, 2017 yil 1 yanvaridan esa ulardan foydalanish to‘xtatiladi. Istisno holatlar faqatgina shu turdagi lampalardan foydalanish talab qilingan alohida vaziyatlar, masalan, texnologik uskunalar, motorli transport vositalari, tibbiyot va boshqa ixtisoslashgan qurilmalar uchun tegishli bo‘ladi.

O‘zbekiston aholi ehtiyoji uchun chetdan 330 ming tonna ko‘mir sotib oladi>>

O‘zbekiston yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida aholi ehtiyojini uzluksiz qondirish uchun chet eldan 330 ming tonna qo‘ng‘ir ko‘mir sotib oladi.

O‘zbekistonda Xalqaro audiovizual meros kuni nishonlanmoqda>>

2005 yili YuNeSKO Bosh konferensiyasining 33-sessiyasida tasdiqlangan rezolyutsiyaga binoan 27 oktabr Xalqaro audiovizual meros kuni deb e'lon qilingan edi.

O‘zbekistonda sifat menejmenti bo‘yicha yangi standartlar joriy qilinadi>>

O‘zbekiston hukumati 19 oktabrda qabul qilingan qarorida besh yillik muddatda milliy infrastrukturani rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2020 yilga qadar mamlakatda sifat menejmenti bo‘yicha yangi standartlar joriy qilinadi.

O‘zbekiston hududida Rossiya kapitali ishtirokidagi 885ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda>>

27 oktabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida tashkil etilgan O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi va kooperatsion birjasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro sanoat yarmarkasidan fotoreportaj>>

Avval xabar qilganimizdek, 26 oktabr kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”ning 6ta ko‘rgazma zali, 2ta atrium, ochiq maydonchalar va konferensiya zallarida IX Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi boshlandi.

O‘zbekistonda «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi tashkil etiladi>>

O‘zbekistonda paxta xomashyosini qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

O‘zbekiston Doing Business reytingida 16 pog‘onaga ko‘tarildi>>

O‘zbekiston Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining yangi “Biznes yuritish 2016” (Doing Business) reytingida 2014 yildagi 103-o‘rindan 2015 yilda 87-o‘ringa, ya'ni 16 pog‘onaga ko‘tarildi.

2015 yilning 9 oyida Namangan viloyatida YaHM o‘sishi 9,2 foizni tashkil etdi>>

Namanganda 2015 yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

2015 yilning 9 oyida Samarqandda YaHM hajmi 9,2 trln so‘mni tashkil qildi>>

Samarqandda 2015 yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va eng muhim ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘istonda 2015 yilda 159 km ichimlik suvi tarmoqlari foydalanishga topshirildi>>

Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2015 yilning o‘tgan 9 oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yakunlari va galdagi vazifalar atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Dushanbedagi MDH davlatlari bosh vazirlari kengashiga yuboriladigan delegatsiya tarkibi borasida hali bir to‘xtamga kelmadilar>>

Tojikiston prezidenti 30 oktabrda MDH davlatlari hukumatlar rahbarlari kengashi ishtirokchilarini qabul qiladi va ular oldida nutq so‘zlaydi, deb xabar berdi Tojikiston hukumatidagi manba.

Qoraqalpog‘istonda sement zavodi qurilishi ishlari yakunlandi>>

Qoraqalpog‘istonda 19 mln dollar evaziga (17 milliarda so‘m) navbatdagi yirik loyiha amalga oshirildi.

“O‘zbekneftgaz” Qashqadaryo viloyatidagi gaz konini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani yakunladi>>

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Qo‘ltoq” gaz konini modernitsaziyalash bo‘yicha loyihani o‘z yakuniga yetkazdi. Bu haqda 27 oktabrda chop etilgan O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi materiallarida ma'lum qilindi.

Oksana Chusovitina yettinchi marta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqchi>>

Sport gimnastikasi bo‘yicha ikki karra jahon chempioni o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tgan JCh-2015dagi o‘zining ishtirokidan qoniqish hosil qildi. Mazkur musobaqa unga Rio-2016 olimpiadasida ishtirok etish uchun muhim qadam vazifasini o‘tab berdi, deb yozadi TASS.

2015 yilda O‘zbekistonda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarining 186 ming nafari ish bilan ta'minlandi>>

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazdi.

O‘zbekiston MDH davlatlari bosh vazirlari kengashiga Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi>>

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikramov boshchiligidagi delegatsiya 2015yil 30 oktabr kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Davlat mehnat texnika inspektorlari tomonidan 2015 yilning 9 oyi davomida 860 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi>>

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

2015 yilning 9 oyida Navoiy viloyatida 34 ming yangi ish o‘rni yaratildi>>

Navoiyda joriy yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va eng muhim ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlashga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlik “COSCOM”, “O‘zbektelekom”, “RWC” va “UNITEL” mobil aloqa operatorlaridan aloqa sifatini yaxshilashni talab qildi>>

27 oktabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hay'ati yig‘ilishida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sifatini ta'minlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Ichki ishlar idoralari kunida 4 kishiga polkovnik unvoni berildi>>

25 oktabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator xodimlarga polkovnik unvoni berildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

O‘zbek olimlari kremniy karbidiga ishlov berish usulini yaratishdi>>

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi S.A. Azimov nomidagi "Fizika-Quyosh" ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasining Fizika-texnika instituti olimlari kremniy karbidiga ishlov berish usulini ixtiro qilishdi.

Shohimardonda zilzila sodir bo‘ldi>>

Qirg‘iziston seysmologiya institutining ma'lumotlariga qaraganda, uning hududida joylashgan O‘zbekistonga tegishli Shohimardon anklavida bugun, 29 oktabr kuni, soat 07:56da zilzila qayd qilindi.

Polsha O‘zbekistonda energetik texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshiradi>>

Polshaning Convert energy Sp.z.o.o. kompaniyasi “O‘zbekenergo” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetik texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya direktori Kshishtof Korchak ma'lumot berdi.

O‘zbekiston Eronga yangi elchisini jo‘natdi>>

2015 yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Baxodir Abdullayev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga ishonch yorliqlarini topshirdi.

AQSh MO davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini o‘tkazish uchun nima sababdan aynan Samarqandni tanladi?>>

Ayni paytda AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari bo‘lib o‘tmoqda. Keng miqyosdagi safardan ko‘zlangan maqsad nimada? Shu singari savollarga javob topish maqsadida Sputnik agentligi MDH davlatlari institutining Yevrosiy integratsiyasi va ShHT taraqqiyoti bo‘limi boshlig‘i Vladimir Yevseyev bilan suhbatlashdi.

Toshkentda “Hizb ut-Tahrir” guruhi a'zolari qo‘lga olindi>>

29 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston hududida taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti a'zolarining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV rasmiy sayti orqali xabar berildi.

Uchinchi chorakda Xorazm viloyatining YaHM hajmi 11,4 foizga o‘sdi>>

Xorazmda joriy yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 337 milliard so‘mlik 1 ming 258 loyiha amalga oshirilib, 6,9 ming yangi ish o‘rni yaratildi.

Uchinchi chorak: Surxondaryo viloyati korxonalari 98,1 mln dollar qiymatidagi mahsulot eksport qildi>>

Surxondaryo viloyatida 2015 yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekistonlik taekvondochilar Qozog‘istondagi turnirda 15ta medal olishdi>>

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari a'zolari Qozog‘iston ochiq chempionatida yettita oltin, to‘rttadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik dzyudochilar BAAdagi xalqaro turnirda ishtirok etishadi>>

30 oktabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo‘yicha Katta dubulg‘a turkumiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa start oladi.

O‘zbekistonlik karatechilar Yevroosiyo birinchiligida 20dan ortiq medal olishdi>>

26 oktabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahrida karate bo‘yicha Yevroosiyo birinchiligi o‘tkazildi. Turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 7ta oltin, 12ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston termasi Yevropadagi terma jamoalardan biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin>>

2018 yilgi JCh uchun saralash uchrashuvlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida KXDR va Yamanga qarshi muhim o‘yinlarni o‘tkazadi.

O‘zbekiston yadroviy xavfsizlikni kuchaytirmoqda>>

O‘zbekiston Markaziy Osiyoni yadrodan holi zonaga aylantirish prinsipiga izchil rioya qilmoqda, deb hisoblaydi ekspertlar. 24 sentabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) yordamida mamlakat o‘zining yuqori boyitilgan uran zaxiralarini xorijda xavfsiz saqlashga yubordi.

O‘zbekiston tezyurar poyezdlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaydi>>

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi keyinga haftaning oxirida Ispaniyaning Talgo kompaniyasining ikkita tezyurar elektropoyezdini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolaydi, deb xabar bermoqda kompaniyaning boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Davron Dehqonovga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.

2017 yilga kelib “O‘zmetkombinat” metall mahsulotlar tannarxini bir qadar tushirishga erishadi>>

2017 yilga kelib “O‘zmetkombinat” korxonasi metall mahsulotlar tannarxini bir qadar tushirishga erishadi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Vazirlik: 9 oy davomida xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 27,7 foizga o‘sdi>>

27 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunik

Top