11:57 / 01.11.2015
6621

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi UYeFAning murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Kiyevning "Dinamo" va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix murabbiylik litsenziyasini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Championat.asia.
Ukraina futbol Federatsiyasi rasmiy sayti xabariga ko‘ra kuni kecha UYeFAning A litsenziyasi uchun murabbiylik o‘quv kurslari yakuniga yetdi. Bitiruvchilar orasida Ukraina chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Maksim Shatskix ham bor. O‘zbekistonlik futbolchi hisobida 124ta gol bor.

Top