11:45 / 01.11.2015
2332

Ozarbayjonda parlament saylovlari boshlandi

Ozarbayjonda saylov uchastkalari parlament saylovlarida ovoz berish maqsadida kelgan saylovchilar uchun ochildi, deya xabar bermoqda TASS.

Qayd etilishicha, saylovlar 19:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00)ga qadar davom etadi. Ovoz berishlarda mamlakat bo‘ylab 5,1 million saylovchi ishtirok etadi.

Xabarda keltirilishicha, bir palatali parlamentning 125 deputatlik o‘rni uchun 767 nafar nomzod o‘zaro kurash olib bormoqda.

Jumladan, 15ta siyosiy partiyaning 430 nafardan ziyod vakili, yettita partiyani birlashtirgan bitta blok hamda mustaqil nomzodlar parlamentdagi o‘rinlarga da'vogarlik qilmoqda.

Top